Muhammad G’uriy

Muhammad G’uriy, Muiziddin Muhammad (?-1206) — g’uriylar sulola- sidan bo’lgan Sulton; Hindiston fotihi. 1173 y. akasi G’iyosiddin Muhammad G’uriy G’azni viloyatini bosib olgach, M.G’. unga hokim etib tayinlangan. 1175 y. Sharqiy Afg’oniston va shim. Hindistonga bosqinchilik yurishlari qilishni bosh- lagan. 1186 y. so’nggi G’aznaviylar poy- taxti Lohurni bosib olib, G’aznaviylar davlatiga xotima bergan. 1192 y. Gora- in yonida shim. Hindistonning Rajput hukmdorlari qo’shinlarini tormor kel- tirgan va bir necha yil ichida Gang Daryo- si vodiysidagi ko’plab erlarni egallab olgan. G’iyosiddinning vafotidan so’ng (1203), G’uriylar davlati sultoni bo’lgan. Bu davlat hududi Afg’onistonning katta qismi va shim. Hindistondan tarkib topgan. X,indlarning gakhar qabilasi tomonidan o’ldirilgan (1206). M.G’. sal- tanati xarobalarida Dehli sultonligi barpo etilgan.