Muhammadiy

Muhammadiy, Ustod Muhammadiy (16-a.) — musavvir. Sulton Muhammadnint o’g’li. Nafis san’atni otasidan o’rgangan; Kamoliddin Behzod an’analarini davom ettirib o’ziga xos badiiy uslub yaratdi. Inson, hayvonotni hayotiy, manzarani batafsil tasvirlagan: “Shahzoda tasviri” (Bostondagi Golobo majmuasida, AQSh), “Sharafnoma” (asar qo’lyozmasidagi “Shahzoda” rasmi), nizo- miyning “Xamsa”siga ishlangan minia- tyuralar, “Darvish va dehqonlar” asari (Luvrda) va b. Zamondosh mutaxassislar- ning ta’kidlashicha, M. asarlarida de- mokratik an’analar, dunyoviy va hayotiy lavhalar, oddiy kishilar hayotining Real tasviri o’z aksini topgan.