MULLA ABDULQAHHOR

MULLA ABDULQAHHOR, Qahhorbek (1884, G’ijduvon tumanidagi Saidkent qishlog’i — 1924, Qizilqum) — Buxoroda kizil armiyaga qarshi harakat rahbarlaridan biri, yirik ulamo. Bu- xorodagi Mir Arab madrasasida tehsil olgan. Buxoro bosqinip&n so’ng, sobiq xukmdor Sayd Olimxonnint farmoni b-n M.A. G’arbiy Buxorodagi 15000 nafar askarga Bosh qo’mondon qilib tayinlandi (1920 y. kuzi). Uning rahbarligida Buxo- ro, Karmana, Nurotadagi 20 dan ortiq qo’rboshi guruxlari birlashtirildi. 1921 y.da M.A. G’ijduvon, Shofir- kon, Vobkent, Romitanda o’z hokimiyatini o’rnatgach, Nurota viloyatiga yurish qildi. O’z qarorgohini Nurotada joylashtir- gach, bu erdan atrof tumanlarga vakilla- rini jo’natib, aholini qizil askarlarga qarshi kurashga ko’tardi. Sayd Olimxon- ning yozishicha, bu paytda uning qo’l osti- da 25000 yigit to’plangan. M.A. Buxoroga yurish qilib uning bir kismini egalla- Di, Bahouddin Naqshband ziyoratgohini qizil askarlardan ozod qildi (1922 y. mart). Biroq, Turkiston fronti jang- chilari, Zakaspiydan etib kelgan S. M. Budyonniynnng otliqarmi-yasi va qizil askarlarning boshqa kuchlari M.A. qo’shinini Buxorodan siqib chiqardi. Bu mag’lubiyatdan so’ng u 1923— 24 y.larda o’z harakatlarini Karmana va Nurota VI- loyatlarida yana faollashtirdi. M.A. b-n Ibrohimbek va Sayd Olimxon o’rtasida doimiy aloqalar bo’lgan. M.A. va Sayd A’zam Xo’ja imzolari b-n “Buxoro, tur- kiston va Kavkazning barcha musulmonla- riga” murojaatnoma chiqariltan (1924 y. mart). Kizil askarlar b-n bo’lgan to’qnashuvlarning birida (1924.21.6) u og’ir yarador bo’ldi va mag’lubiyatga uch- radi. 1924 y. yozi va kuzida G’ijduvon tumanining g’ishti va katta g’amxo’r qishlokdarida, Nurota tog’larida, sho- firkon tumaniga tutash Kizilqumning Jilvon qumliklarida qattiq to’qnashuvlar bo’ldi. Kizilqumda bo’lgan ana shunday janglarning birida M.A. halok bo’ldi. Ad.: Amir Sayyid Olim- xon, Buxoro xalqining hasrati tarixi, T., 1991; O’zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob [O’zbekieton sovet mustamlaka- chiligi davrida], T., 2000; Rajabov Q., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002. Qahramon Rajabov.