Mussonlar

Mussonlar (Frans. moussons; Arab, mavsum — yil fasllari) — er yuza- sida va troposferaning quyi qismida doimo bir tomonga esadigan va faqat yil fasllarining almashinishi b-ngina o’z yo’nalishini qarama-qarshi tomonga o’zgartiradigan havo oqimi. Bunda quruq, kam bulutli havo o’rnini sernam, seryog’in havo oladi (yoki, aksincha bo’ladi). M.ning hosil bo’lishida materik b-n okeanning turlicha isishi sabab bo’ladi. Bunda bo- simning o’zgarishi hal qiluvchi o’rin egallaydi. Havo atmosfera bosimi yuqori bo’lgan sovuq joylardan bosimi past bo’lgan issiq joylarga siljiy- Di (M. yuqori bosimli va past bosimli mavsumiy joylar orasida vujudga kela- Di). Qishda bosim materik ustida yuqori bo’lganida M. materikdan okean tomon- ga, yozda esa bosim okean ustida yukrri bo’lganida teskari tomonga esadi. Qishki M. ketidan, albatta, yozgi M. keladi. M.ning tropik yoki ekvatorial va tropik bo’lmagan xillari bor. M. tro- pik mintaqada kuchliroq namoyon bo’lib, Hind okeanining shim. qismiga, Afri- kaning tropik qismiga, Osiyoning Jan., Hindiston, Hindixitoy yarim o.lari, Indoneziya o.lari va Avstraliyaning shim. iga esib turadi. Mo”tadil mintaqada Xitoyning sharqi, shim.-Sharq. qismiga, Yaponiya, Koreya yarim o.lariga, Rossiya- ning uzok. Sharqiga ta’sir etadi. Tropiklardagi M.lar (tropik M.) ek- vatorial Depresssiya va u b-n bog’liq kon- vergentsiya zonalari yil davomida oldin ekvatordan Jan. yarim sharga, so’ngra shim. yarim sharga, ya’ni joriy yarim yillikda yoz qaerda bo’lsa o’sha erga suriladi. Shu b-n bir katorda passat shamollarining Sharqiy maromi, ya’ni qishki M. garbiy shamollar maromi yozgi M. b-n almashadi. M. atmos-feraning pastki qatlamlarida xrsil bo’ladi, qalinligi 3-4 km ga eta- Di. M. materik ichkarisiga 1000 km gacha kirib borib, joyning asosiy ik^imiy xususiyatlarini belgilaydi. Tohir Muxtorov.