Musulmonlar byurosi

Musulmonlar byurosi (mus- byuro) — Turkiston milliy kommunist- lari tomonidan tashkil qilingan rahbar tashkilot (1919-20). Turkiston Kommu- nistik partiyasi (TKP)ning 2-o’lka kon- ferentsiyasida — T. Risqulov (rais), N. Xo’jaev, A. Muqitdinov, Y. Ibrohimov, Yu. Aliev (a’zolar)lardan iborat tarkib- da tuzildi (1919.30.03, Toshkent). 1918 y. 1 va 6 apr.da TKP o’lka komitetining vazi- FA va funktsiyalarini belgilab berdi. M.b.ga “Ishtirokiyun” (hoz. “O’zbekiston ovozi”) gaz.siga muharrirlik qilish va- zifasi yuklatildi. 1918 y. 23 apr.da bo’lgan yig’ilishida Farg’ona vodiysi- dagi keskin siyosiy vaziyat mu-hokama qilindi: sovet hokimiyatidan vaziyat- ni barqarorlashtirish, iqtisodiyotni tiklash uchun qo’rboshilar va ularning yigitlariga umumiy afv e’lon qilish, aholini tinch mehnatga qaytarib vayron qilingan xo’jalikni qayta tiklash, sovet tashkilotlari va kizil armiya saflarini millatchilik, buyuk davlatchilik shovi- nizmi va mustamlakachilik ruhidagi un- surlardan tozalash, arman dashnokdarini qurolsizlantirish (q. “Dashnaqsutyun”), milliy zulmga chek qo’yish, Farg’ona VI- lo-yatiga maxsus komissiya yuborish kabi keskin talablarni qo’yishdi. M.b. o’z saflariga milliy rahbarlarni birlashtirib, sovet re- jimining mustamlakachilik siyosatini tanqid qildi. Uning faoliyatida A. AV- loniy va Munavvarqori ham ishtirok qildi. M.b.ning so’nggi 3-konferentsiya- si (1920.20—27.1 )da Turkkomissiyaning tazyiqi b-n o’z faoliyatini to’xtatdi. Ad.: Musbyuro RKP (b.) v Turkestane, 1, 2 i 3 Turkestanskie Kraevie konfe- rentsii RKP. 1919-1920 gg. s vvedeniem tov. Riskulova. T., 1922; Riskulov T., Re- volyusiya i korennoe naselenie Turkesta- na. Chast I. 1917-1919 gg., T., 1925; Raja- bov q., Haydarov M., Turkiston tarixi (1917— 1924 y.), T., 2002.