Mushtariy

Mushtariy (taxallusi; ismi Saodat) (1810/11, Qo’qon — ?) — sho- ira. Xudoyorxon saroyida kotibalik, munshiylik qilgan. She’rlarida ki- shilarni yaxshilik, kamtarlik, poklik va adolatga chaqirgan. Ijodida Doston- chilik va qissanavislik etakchi o’rinda turadi. Shoira xalq og’zaki dostonlari- ning yozma she’riy namunasini yaratgan. “Malikai Dilorom” dostoni og’zaki adabiyotdagi “Orzigul” dostoniga maz- munan yaqin. M.ning “Malikai Dilo- rom” dostoni va xalq qo’shiqlari usu- lida yozilgan g’azallari O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida (inv. № 9922) saqlanadi.