Mushuktirnoq

Mushuktirnoq (Astragalus corrugatus) — dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik o’t. Poyasining uz. 5-15 sm, tubidan shoxlanadi. Bargi toq, patsimon murakkab. Guli binaf-sha rang, to’pguli shingilsimon. Dukkagining uz. 2-4 sm, eni 2-2,5 mm, yoysimon egik, uchi ilgak- Simon kayrilgan, mushukning tirnog’ini eslatadi (nomi shundan olingan). Urug’i 14-20 ta. Aprelda gullab, mayda uru- glaydi. M. Buxoro, Qashqadaryo, Surxon- Daryo va Qoraqalpog’istonning qumli erlarida hamda tog’yon bag’irlarida tarqalgan.