Musika uquvi

Musika uquvi – insonning musiqa asaridagi tovushlar (baland- pastlik, metr, ritm, tembr xususiyatlari) ni eshita bilish, ularning izchillik maz- munini tushunib ovoz yoki biror cholg’uda ijro eta olish qobiliyati. M.u.ning aso- siy ikki pogonasini ajratib ko’rsatish mumkin. Musiqiy fiziologiya nuqtai na- zaridan M.u. bu tovushlarni eshita olish apparatidir. U keng diapazoni hamda tovushlarning o’zgaruviga o’ta sezgirli- gi b-n belgilanadi. M.u. orqali odam musiqatovushlarining balandligini (16 dan taxm. 20000 g(<gacha, tsent hisobida), kuchi (desibel hisobida), tusi (tembrni) va davomiyligini ajrata oladi. Bunda absolyut (mutlaq, ya’ni tovushlar baland- ligini boshqa tovushlar balandligiga taqqoslamasdan idrok etish) va nisbiy M.u. ajratiladi. Musiqiy psixologiya nuqtai nazaridan M.u. musiqiy tovush- larning funktsional nisbatlari, badi- iy xususiyatlarini idrok etish krbili- yati: lad hissi (kuy tovushlaridagi lad funktsiyalarini ajratish qobiliyati), garmonik uquv (ko’p ovozli musiqani idrok etish, interval va akkordlarnnj xususiyatlarini his etish qobiliyati), intonasiya uquvi (ma’lum Yao/tomlarda- gi intonasiyani, undagi tovushlarning baland-pastligini hamda og’ishmalarini eshitish va takrorlash qobiliyati), tembr uquvi (ovoz yoki cholg’u sadolarining bir- biridan farqini ajratish qobiliyati), kompozisiya hissi (musiqa asaridagi shakliy tuzilmalarning o’zaro nisbat- larini idrok etish) va b. Illy b-n birga musiqa asarini eshitmay, ijro etmay tu- rib uni nota yozuvisan o’qib tasavvur eta olish hamda ijro jarayonida kuy va asar- ni xotirada yaratish ichki M.u.ga kiradi. M.u.ni rivojlantiradigan maxsus o’quv fani solfeji-odir. M.u.ni o’rganish ta- rixi Evropa ilmida 19-a.ning 2-yarmidan boshlangan (g. Gelmgols, K. Shtumpf). 20-a.da N. Garbuzov, P. Baranovskiy, E. YUskevichlar M.u.ning nisbiyligi- ni isbotlab berdi (q. Zona). K. Sishor (AQSH), B. Teplov, E. Nazaykinskiy (Ros- siya), O’zbekistonda — L. Koval M.u.ni o’rganishga katta hissa qo’shdilar. M.u. xususiyatlari yangi (ayniqsa, elektron) musiqa cholg’ularini ishlab chiqishda, kontsert zallarini qurish, radio, televi- Denie yozuvlarida e’tiborga olinadi (yana q. Akustika, musiqa k,ismi). Olimjon Bekov.