Mug’on, Muqon

Mug’on, Muqon (?-572) — turk xoqonlaridan biri. Bumin xoqonning o’g’li. Asli ismi qushu bo’lib, M. unvo- ni b-n taxtga o’tirgan. M.ning bir necha ismlari bo’lgan — qush, yegin — ne- vara, jiyan; yandi — g’olib; unvoni — M.; M. qahrli, Jasur, aqlli bo’lib, uni jangu jadaldan boshqa hech narsa qiziqtirmagan. 553 y. kuzida u jujan- larni qayta tormor etgan. Jujanlar Tsi imperatoridan boshpana topganlar. 555 y. TSI imperatori o’z eridan jujanlarni haydab chiqargan, chunki ular qaroqchilik qilishga o’tgandilar. Bundan foydalan- gan M. va kidanlar jujanlarni tormor kilganlar. 554 y. M. davlati kichik bir mulkdan imperiyaga aylangan. Shim.da TSigu davlati ham zabt etilgan. Chjou im- periyasi b-n tuzilgan shartnomaga ko’ra, Chjou M.ga har yili 100 ming parcha ipak mato solig’i to’lab turgan. 572 y. M. va- FOT etgan. Taxtga o’tirgan ukasi Tobo- xon Tsi imperiyasi b-n sulh tuzgan. Chjou soliqlan bosh tortganda unga hujum qilgan va Chjou yana soliq to’lashga maj- bur bo’lgan.