Musiqa maktablari

Musiqa maktablari, bolalar musiqa maktablari — boshlang’ich musiqa ta’limini beruvchi maxsus o’quv yurtla- ri. M.m.ga asosan umumta’lim maktabla- rida o’qiydigan iste’dodli bolalar va o’smirlar qabul qilinadi. M.m.da musiqa cholgu asboblari (fortepiano, skripka, violonchel, truba, klarnet, akkordeon va b., o’zbek xalq cholgularidan — doyra, Qashqar rubobi, dutor, g’ijjak, chang, nay va b.)da chalish o’rgatiladi; musiqa savodi va elementar musiqa nazariyasi, solfe- Jio, musiqa adabiyoti, xor qo’shiqchiligi bo’yicha ta’lim beriladi. O’qish mudda- ti 5 (xalq, urma va puflama chol-g’ulari bo’limlarida) va 7 (Evropa cholgu asbo- blari bo’limida) yil. O’zbekistonda M.m. 20-a.da tashkil qilingan. Turkiston xalq konservatoriyasi (Toshkent, 1918), Xalq konservatoriyalari (Samarqand, Farg’ona, 1919)da talabalarga 1-bosqich musiqa ta’limi berilgan. 1920 y. Bu- xoroda Sharq musiqa maktabi ochilib, unda Shashmaqom uslublari o’rgatilgan. Hozirda O’zbekistonda 300 dan ortiq 7 yillik M.m. mavjud. Ulardan tashqari Toshkentda Glier nomidagi, V. Uspen- skiy nomidagi, O’zbekiston davlat kon- servatoriyasi qoshidagi Respublika maxsus musika akademik liseylari, Re- spublika puflama va urma cholg’u sozanda- lari tarbiyalovchi, shuningdek, Andijon, Kattaqo’rg’on, Farg’ona sh. musika Inter- nat maktablari mavjud.