Muvozanatlash

Muvozanatlash — mashina- larning aylanuvchi qismlari (turbine yoki elektr dvigatel rotori, avtomo- billarda tirsakli vallar, shkivlar, g’ildiraklar va b.) ni barqarorlash. Bu- Yumning bosh Markaziy inersiya o’qi, ay- lanish o’qi va o’z o’qi bir-biriga nisba- tan qanday joylashganligiga qarab, M. statik, dinamik va qayishqoq (elastik) usullarga bo’linadi. Statik M. bosh Mar- kaziy inersiya o’qi aylanish o’qiga nisba- tan parallel tarzda siljigan hollarda qo’llaniladi. Dinamik M.dan bosh Mar- kaziy inersiya o’qi aylanish o’qiga nis- batan biror burchakka siljiganda, ya’ni o’qlar buyumning og’irlik markazida ke- sishganda foydalaniladi. Qayishqoq M. usuli bosh Markaziy inersiya o’qining ay- lanish o’qiga nisbatan siljishiga buyum- ning o’qi egilishi sabab bo’lgan hollarda qo’l keladi.