Narim tizmasi
Narim tizmasi — Oltoyning Janubdagi tog’ tizmasi (Qozog’istonning Sharqiy Qozog’iston viloyati). Uzunligi 120 kilometr. Eng baland joyi 2533 metr. Paleozoy qumtoshlari, konglomerat, slanes, tuflardan tarkib topgan bo’lib, ularni granit intruziyalari yorib chikkan-tik shimoliy yon bag’rida 1300 metr balandlikkacha qayin, undan yuqorida tilog’och, Daryo vodiylari bo’ylab qoraqarag’ay-oqqarag’ay-kedr o’rmonlari o’sadi. Janubiy yon bag’ir betagachalov va o’tloq dashtlar, butalar bilan qoplangan. 1800 metrdan yuqorida siyrak subalp o’rmonlari, Alp o’tloqlari uchraydi.
O‘xshash so‘zlar
- Narimon
- Narimonov Hamidulla
- Narkobiznes
- Narkotik o’simliklar
- Narkoz
- Narpay dostonchilik maktabi
- Narpay kanali
- Narpay tumani











