Penoplastlar

Penoplastlar, g’ovak polimer material l ar — gaz b-n to’ldirilgan plastmassalar. Gaz bir-biriga tutash- magan bo’shliq (katak)lar ichida bo’ladi. P.ning hajmiy massasi kichik; issi- klik, tovush, suv va elektr o’tkazmaydi. P.ning xossasi ko’piklanish da-rajasi, g’ovaklarining tuzilishi va polimer- ning kimyoviy tabiatiga bog’liq. P. polimerlarni yuqori elastik holatda ko’piklashtirish va qovushoq- suyuq polimer kompozisiyasini ko’piklashtirish usulida tayyorlanadi. P. kuch konstruktsiyalarining mustax,- kamligini oshirish maqsadida ular- ning elementlariga, yuqori elastik Xu-susiyatga ega bo’lgan materiallarga to’ldirgich sifatida, konstruktsion ele- mentlarda issiklikni izolyasiyalashda ishlatiladi. Radio va elektr texnika qurilmalarida, suzish qurilmalarining cho’kmaydigan qismlari va detallarini tayyorlashda, mebellar, kiyimlar i.ch. va b.da qo’llanadi. P. tayyor presslangan va yarim fabrikat holda chiqariladi.