Pensilvaniya

Pensilvaniya – AQShning shim.-Sharqiy qismidagi shtat. Sharqda Delaver daryosi b-n, shim.-g’arbda eri ko’li b-n chegaralangan. Mayd. 117,4 ming km2. Aholisi 12,3 mln. kishi (2002), 69% shaharlarda yashaydi. Ma’muriy markazi — Xarrisberg sh.; Yi-rik sano- at shaharlari: Filadelfiya va Pitsburg. P. — AQShning dastlabki 13 shtatidan biri; bu erga evropaliklar 17-a.dan ko’chib kela boshlagan. Er yuzasining katta qismini AP- palachi tog’lari egallagan, uning shtat hududidagi eng baland joyi 979 m. Jan.- sharqida Atlantika bo’yi pasttekisligi bor. Iqlimi sernam, mo”ta-dil iqlim. Yillik yog’in 1000 mm. Daryolarida kema qatnaydi. P. — AQShning iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy etgan Shtatlari- dan. Qora metallurgiya, konchilik sano- atlari rivojlangan. P. cho’yan va po’lat eritishda, koks i.ch.da mamlakatda etakchi o’rinda. Toshko’mir, antrasit, ozroq mik- dorda neft, tabiiy gaz, temir rudasi qazib chiqariladi. Metallurgiya, metall- sozlik, mashinasozlik (ayniqsa, kon va yo’l qurish mashinalari, kemasozlik, re-aktorsozlik, elektrotexnika, radioe- lektronika), tsement, kimyo, neftni qayta ishlash, oyna, to’qimachilik, tikuvchilik korxonalari bor. Q.x. shahar aholisini oziq-ovqat mah- sulotlari b-n ta’minlashga ixtisoslash- gan. Chorvachilik va parrandachilik q.x to- var maqsulotining 3/4 qismini beradi. Bog’dorchilik va sabzavotchilik rivoj- langan.