Periostit

Periostit (peri… va Yun. Osteon — suyak) — suyak pardasi (peri- ost)ning yallig’lanishi. Suyakning o’zi, ko’migi, Govers kanallari, suyak atrofi- dagi to’qimalar yallig’lanishi oqibatida Vu-judga keladi. O’tkir va surunkali bo’ladi. Suyak pardasiga jarohat orqali, qon va limfa b-n yiringlatuvchi mikro- blar kirishi yoki yallig’lanish jarayoni suyakdan bevosita suyak pardasiga uti- shi natijasida o’tkir P. kelib chiqadi: bemorning darmoni quriydi, eti uvi- shadi, t-rasi 39-40° gacha ko’tariladi, boshi og’riydi. P. bo’lgan joy shishadi, qizaradi, qiziydi va teri yaltillab tu- radi. Jarayon zo’rayganda, suyak parda- si ostida yiring to’planadi. O’tkir P. o’z vaqtida davolanmasa, surunkali P.gaaylanib ketadi. P. osteomielit va suyakning boshqa kasalliklari belgisi bo’lishi ham mumkin. P. bo’lgan joyga issiq qilish va antibiotiklar, fizio- terapiya buyuriladi.