Peristaltika

Peristaltika (Yun. Peristaltikos — kamroq oladigan, qisadigan) — ko- vak (naysimon) ichki a’zolar (me’da, ichak, urug’kanallari, o’t yo’li, siy-Dik yo’li va b.) devorining bir maromda to’lqinsimon qisqarishi. Shu harakat tu- fayli bu a’zolardagi massa va suyuklik oldinga siljiydi. P. avtomatik tarzda amalga osha- Di. Markaziy nerv sistemasi adashgan (Pa-rasimpatik) va simpatik nervlar orqali P.ni tormozlaydi yoki tezlashti- radi. Ayrim kasalliklarda P. buziladi. Me’da shirasining kislotaligi ortgan- da me’da P.si kuchayadi. Bunda ko’pincha hiqichoqtutadi, jig’ildon qay-naydi. Ichak P.si mexanik va kimyoviy ta’si- rotlar, mahalliy yallig’lanish, achish va bijg’ish jarayonlari natijasida tezla- shadi. Qo’rqqanda, iztirob chekkanda P. kuchayadi. Kimyoviy va mexanik ta’sirot – lar kam ta’sir etganida ichak reseptor- larining qo’zg’aluvchanligi pasayganda P. susayadi. Bunda ichaklar bo’ylab ovqatning harakati sekinlashadi va surunkali qabziyat paydo bo’ladi. Ichki sekresiya bezlarining ayrim kasalliklarida ham P. susayadi.