Peritonit

Peritonit (Yun. peritonaeum — qorin pardasi) — qorin pardasining yallig’lanishi. Hamma yoshdagi kishilar- da uchraydi. Odatda, qorin bo’shlig’idagi a’zolarning shikastlanishi yoki ularga mikroblar (ichak tayoqchasi, streptokokk, stafilokokk) tushishi oqibatida yuzaga keladi. Me’da, o’n ikki barmoq ichak yara- si, o’t pufagi, ko’richakning yorilib keti- shi va churraning qisilib qolishi, qorin bo’shli-g’ining jarohatlanishi va b. P.ga sabab bo’ladi. O’tkir va surunkali P. fark, qilinadi. O’tkir P.da dastlab bemor- ning ko’ngli aynib, qusadi, qorni qattiq og’riydi, hiqichoq tutadi, ichi qotadi. Kasallik tezda zo’rayib, qorin bo’shli- g’ida yiringli ekssudat to’planadi. Bun- da bemorning rangi oqarib, ko’zlari xiralashadi, nafasi tezlashib, qorni shishib ketadi, tez-tez qusadi. O’tkir P. hayot uchun juda xavfli bo’lib, bemor zudlik b-n kasalxonaga yotqiziladi. Su- runkali P. ko’pincha biror a’zoning za- rarlanishi yoki surunkali kasallik (mas, sil) oqibatida paydo bo’ladi, odatda, asta-sekin rivojla-nadi. Bunda qorin bo’shlig’ida suyuklik to’planib, bemor ozib ketadi, qorni og’riydi, qabziyat ku- zatiladi. Davos i: o’tkir P. operasiya qilib da- volanadi. Surunkali P.da davo kasallik- ning asosiy sababiga qarshi qaratiladi. Antibiotiklar buyuriladi.