Perko

Perko — karamdoshlar oilasiga mansub bir yillik em-xashak o’simligi. GFR da Xitoy karami b-n kuzgi sure- pisaning duragayidan chikarilgan. O’zbekistonga 1977 y.da keltirilgan. Ildizi o’q ildiz, poyasi tik, uz. 90— 120 sm gacha. Pastki barglari yirik va bo’lak- bo’lak, yuqoriga qarab kich-rayib boradi. Gullari poyaning yoki novdaning yuqori qismida shingil tarzda joylashgan, sariq mevasi qo’zoqcha, urug’lari dumaloq, ko’kimtir va mallarang tusda. P.ni bahorgi va kuzgi ekin sifati- da ekish mumkin. Ekish me’yori 10-12 kg/ga, chuq. 1,5— 2 sm. 1 — 3° da unib chiqadi, erta bahorda harorat 15° dan yuqori bo’lganda tez o’sadi. Uni takroriy ekin sifatida yozning 2yarmida ekib, kuz- da o’rib olinsa, yaxshi qishlaydi va kel- gusi yilning apr. oyida yana oqsilga boy ko’kpoya beradi. Ko’kpoya uchun g’unchalash va gullash fazalarida o’rib olinadi. Ko’kpoyasida 15— 20% protein, 100 kg poyasida 11 ozuqa birligi bor. Undan sof holda va Makka-jo’xori b-n birgalikda to’yimli silos bostirish mumkin. P. chorva mollariga yangi o’rilgan hamda pi- Chan holida beriladi. Gektaridan 500— 700 ts ko’kpoya, 10-15 ts urug’olinadi.