Perifraza

Perifraza, perifraz (Yun. periphrasis — tasviriy ibora; kinoya, istiora) — borlikdagi narsa va vo- qealarning nomini to’g’ridan-to’g’ri ata- masdan, ularni bilvosita, ya’ni turli xil so’z yoki tasviriy iboralar b-n ifo- dalash; majoziy ifodalardan biri (mas, “sher” o’rnida “hayvonlar shoqi”; “pax- ta” o’rnida “oq oltin”, Alisher Navoiy o’rnida “o’zbek adabiy tilining asoschi- si” iboralarining ko’llanishi). P.da tasvirlanayotgan tushunchaning ayni matn va vaziyat uchun eng muhim sifati, belgi- si, xususiya-ti birinchi o’ringa qo’yiladi. P.ning asosiy vazifasi matnning ifo- daviyligini, bayonning ta’sirchanligini oshirishdir. P., asosan, badiiy adabiyot tilida, publisistik va og’zaki nutqsa uchray-Di, ilmiy nutkda esa tasviriylikdan xoli bo’ladi va termin sifatida qo’lla-nadi. Funktsional jihatdan P.ning 2 turi farqlanadi: hamma tomonidan qabul qilingan, hammatushunadigan P. (fra- zeologizmlar, hikmatli iboralar) va vaziyatga bog’liq bo’lgan, maz-muni, ma’- nosi muayyan matngagina aloqadorbulgan individual P. (bularning ba’zilari izchil qo’llanish natijasida 1-turdagi P.lar qatoriga o’tadi). Shu b-n birga ba- diiy, obrazli P.lar (oq oltin — paxta, zangori olov — gaz, po’lat qush — samo- lyot kabi) va manti-qiy P.lar (mas, eV- femizmlar, tabular) o’zaro farqlanadi. Aksariyat P.lar otli birikmalar bo’lib, metafora, metonimiya, sinekdoxa singa- ri ko’chimlar asosida yuzaga keladi.