Pilyastra

Pilyastra, pilyastr (lot. pila — ustun) — me’morlikda bino devori sirtidan to’g’ri burchakli ustunning bir tomoni shaklida bo’rtib chi-qib tura- digan element. Ustunda mavjud bo’lgan qismlar (tana, kapitel, baza) P.da ham mavjud. P. tekis devorni bo’laklarga ajratib, unga aloxida salobat va chiroy bag’ishlaydi. P., asosan, binoning xo- nalari chegarasini ajratish va devorni mustahkamlash uchun xizmat kiladi. Ko’p qavatli binolarda P. hamma qavatlarni o’zaro birlashtirib, bir butun yaxlitlik- ni yuzaga keltiradi, bir qavatli bino va turar joylar ham P.siz qurilmaydi, faqat ulardagi P.ning kapitel va ba- zalari juda sodda bo’ladi. Ba’zilari- da kapitel bo’lmasligi ham mumkin. Mahalliy me’morlikda P.ning yarim mi- norasimon, kungurasimon xillari ham keng tarqalgan.