Polietilen

Polietilen, politen, polieten [—SN2—SN2—]l — karbozan-jirli polimer. Rangsiz, yarim shaf-FOF modda. Suyuklanish t-rasi olinish usuliga ko’ra 105-130°, zichligi 920— 970 kg/m3. Ela- stikligi va cho’zilishga mustahkamligi yuqori. Ishqorlar, xlorid, sulfat, fto- Rid va organik kislotalar ta’siriga chidamli; xlor va ftor ta’sirida par- chalanadi. 80°dan yuqorida uglevodlar va ularning xlorli hosilalarida eriydi; radioaktiv nurlar ta’siriga chidamli; fiziologikjihatdan zararsiz. P. — jaxrn mik,-yosida termoplastlar i.ch.da birinchi o’rinda turadigan eng arzon po- limerlardan biri. Sanoatda 3 xil usul- da: etilenni yuqori bosimda (1200-1500 at), o’rtacha bosimda (30-40 at) va past bosimda (0-7 at) polimerlab olinadi. Elektr izolyasiya qoplamalari, plyonka- lar, emiruvchi muhitlardan saqlovchi materiallar, sinmaydigan idishlar va b. tayyorlashda qo’llanadi.