Polyak tili

Polyak tili — hind-Evropa til- lari oilasining g’arbiy slavyan tilla- ri guruhidagi til; Polsha Respubli- ka-sining rasmiy tili. Polsha, AQSh, Braziliya, Frantsiya, Kanada hamda ba’- zi MDH mamlakatlarida tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 45 mln. kishidan ortiq. P.t. katta polyak, kichik polyak, mazoves, Sileziya, kashuba lahjalariga bo’linadi. Fonetik belgi- lari: urg’u odatda so’zlarning oxiridan ikkinchi bo’g’inga tushadi; urg’usiz unli- larning reduktsiyaga uchrashi; unlilarda cho’ziqlik-qisqalik oppozisiyasining yo’kligi; undoshlarning qattik,lik- yumshoklik oppozisiyasiga egaligi. Morfologik belgilari: sifat va si- fatdoshlarning qisqargan predikativ shakllari yo’kligi; son so’z turkumining alohida turlanishga egaligi; uchta jins shaklining mavjudligi va b. Adabiy til katta polyak, kichik polyak, mazoves shevalari asosida shakllanmoqda. Adabiy tilning eng maqbul davrlashtirilishi: qad. P.t. — 1500 y.gacha; o’rta P.t. — 16-a.dan 18-a. ning 2yarmigacha; yangi P.t. — 18-a.ning 2yarmidan hozirgacha. Yozuvi lotin grafi- kasi asosida. Unda polyak tiligagina xos bo’lgan ba’zi tovushlar diakritik belgi- li harflar b-n ifodalanadi. Isroil Po’latov.