Pop

Pop — Namangan viloyati Pop tu- maniaags shahar (1980 y.dan). Tumanning ma’muriy markazi. Pop tumanining Sharqiy qismida joylashgan. Yaqin t.y. stantsiyasi — Pop (4 km). Viloyat markazi (Namangan)gacha — 53 km. Aholisi 24,4 ming kishi (2003), P.dan Namangan — Pungan — Toshkent avtomagistrali o’tgan. 9-10-a. Arab sayyohlari Ibn Xurdodbeh va Istaxriy asarlarida P. “Bob” (Arab- cha — “darvoza”) shaklida tilga olinadi. 982 y.da noma’lum muallif tomonidan yozilgan. “Hudud-ul-olam” (olam chega- ralari) kitobining “Movarounnahr VI- loyati va uning shaharlari” qismida P. (“Pob”) shim. Farg’onaning savdo yo’lida joylashgan obod shaharlardan biri si- FA-tida ta’riflangan. “Boburnoma”da “Pop qo’rg’oni” deyilgan. P. hududida o’tkazilgan arxeologik qazishmalar shaharga mil. Boshlarida asos solinganligidan dalolat beradi. Qadimda P. dan Buyuk Ipak yo’lining tarmog’i o’tgan. O’sha davrda shahar ravnaqtopgan. 1908-12 y.larda P. yaqinidan o’tuvchi Qo’qon —Namangan t.y. qurildi. 1912-15 y.larda shaharda rus -tuzem maktabi ochildi. 1916 y.da P. Mar- dikorlikka olishga qarshi ko’tarilgan g’alayon markazlaridan biri bo’ldi. P.da 100 dan ziyod tashkilot, sano- at korxonalari joylashgan. 5 umumiy ta’lim maktabi, maishiy xizmat, kasb- hunar kollejlari, gimnaziyalisey, 5 qurilish tashkiloti, 2 avtokorxona, gisht z-Di, MTP, rezina-texnika bu- yumlari z-Di, savdo markazi, universam, arxeologiya muzeyi, madaniyat saroyi, kutubxonalar, madaniyat va is-tirohat bog’i, stadion, sport majmui, tinchlik maydoni, mehmonxona, 4 poliklinika, kasalxona bor. Ikkinchi jahon urushida qurbon bo’lganlar xo-tirasiga yodgorlik o’rnatilgan. Qirq hujra va Munchoqtepa arxeologik man-zillari mavjud.