Ponton

Ponton (lot. pons — ko’prik) — sodda shakldagi, tagi yassi, palubali yoki palubasiz kema; kran prichali, ko’prik tayanchi va b. uchun suzuvchi asos bo’lib xizmat qiladi; P.larni bir-biriga ulab, ko’prik-lentalar, suzuvchi asos yoki Pa- romlar quriladi. P.dan muhandislik qo’shinlarida daryoni kechib o’tish vo- sitasi sifatida, ko’priklarni sozlash- da, cho’kib ketgan kemalarni ko’tarishda, suvga chuqur botib suzuvchi kemalarni sayoz joylardan o’tka-zishda ham foyda- laniladi. P.lar metall, temir-beton va damlangan re-zinali materiallardan yasaladi. P.lardan qurilgan ko’prik, aso- san, kechuv paytida vaqtincha ishlatila- Di. Ba’zi hollarda doimiy P.-ko’priklar ham qurilishi mumkin. Ular 80 t gacha yuk ko’tara oladi (q. Ponton ko’prik).