PONDISHERI

PONDISHERI, Puttucheri -Hindistondagi ittifoqdosh hudud. Mayd. 492 km2. Aholisi 974 ming kishi (2001), Tamil, telugu, malayalam, ingliz va frantsuz tillarida so’zlashadi. Ma’mu- riy markazi — Pondisheri sh. P. chog’roq va bir-biridan alohida joylashgan 4 ta qudud — Pondisheri, ka-raikal, Yanai va Maxedan iborat. Relefi — dengiz bo’yi pasttekisligi. 1670-y.lardan 1954 y.gacha Frantsiyaning Hindistondagi mul- ki bo’lgan. Hududlarning bir-biridan uzoqda joylashganligi sababli ularni ma’- muriy boshqarish va xo’jaligini reja- lashtirish murakkab. Iqtisodiy faol axrlining 45% q.x.da band. Ekin may- donining 90% sug’oriladi. Sholi etish- tirish etakchi o’rinda, shuningdek, kokos palma-si, shakarqamish, er yong’oq, paxta, tariq ekiladi. P.da 20 dan ortiq yirik (ip gazlama, shakar-kand va b. oziq-ovqat) korxonalari ishlab turibdi. Qog’oz va farmasevtika z-dlari bor. Mayda va kustar sanoati rivojlangan. Ular tar- kibida metallsozlik, elektrotexnika sanoati korxonalari mavjud, kompyuter ishlab chiqariladi. Dengizdan baliq ov- lanadi. Karaikal sh.da qishloq xo’jaligi in-ti bor.