Ponsele Jan Viktor

Ponsele Jan Viktor (1788.1.7, Mes — 1867.22.12, Parij) — frantsuz ma-tematigi va muhandisi, Parij FA a’- zosi (1834). Parij un-ti prof. (1838— 48), politexnika maktabi Di-rektori (1848-50). P.ning geom.ga oid “Figu- ralarning proektiv xossalari haqidagi traktat” asari 1822 y. Parijda bosilib chiqqan. Asarda birinchi marta figura- larning proektiv xossalari — figura bir tekislikdan ikkinchi tekislikka proektsiyalanganda saqlanadigan xossa- lari alohida guruhlarga ajratilgan. Bu xossalarni o’rganish uchun P. yaratgan uslublar, jumladan, ikkilik printsipi geom.ning yangi sohasi — proektiv geom. yaratilishiga olib keladi. P.ning mexa- Nika va gidravlikaga oid ishlari ma’- lum. U fanga mexanik ish birligi — ki- logrammometrni kiritgan.