Ponsod, ponsad, ponsadboshi

Ponsod, ponsad, ponsadboshi (fors, ponsad — besh yuz) — O’rta Osiyo xonliklarida qo’llanilgan har-biy unvon. Ba’zan “dastaboshi” (“otryad boshlig’i”) deb ham yuritilgan. P. 500 kishidan iborat harbiy qismga boshchi- lik qilgan. P., odatda, xon yoki bek to- monidan tayinlanib, ba’zi soliqlardan (mas, o’ziga tegishli mulkdan olinadi- gan) qisman yoki butunlay ozod qilingan hamda unga Qar yili ikki marta ma’lum miqdorda g’alla, pul va sarpolar beril- gan. Qo’qon xonligidagi harbiy unvonlar orasida ponsad-boshi mingboshidan key- ingi yuqori unvon sanalgan. Turkiston- da sovet reji-miga qarshi kurash olib borgan guruhlarning rahbarlari ham P. deyilgan. (mas, To’xtasin P.).