Prodromal davr

Prodromal davr (Yun. Prodromos — oldindan xabarlovchi, darak beruvchi) — yuqumli kasallikning yashirin davri- dan so’ng boshlanib, uning asosiy klinik belgilari yuzaga chiqqunigacha bo’lgan davr. Bu davrda patogen mikrob o’ziga moyil a’zo yoki to’qimada ko’paya boshlab, agressiv ferment va toksinlar ishlab chiqaradi. P.D.bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi. Bu davrda ko’pgina yuqumli kasalliklarga xos umumiy bel- gilar: gavda haroratining ko’tarilishi, bosh og’rig’i, darmonsizlik, lanj bo’lish, ishtaha yo’qolishi va b. kuzatiladi. P.D.dan so’ng yuqumli kasallikning avj olish davri boshlanadi va bemorda ka- sallikning asosiy belgilari namoyon bo’ladi.