SAFEDKO’H
SAFEDKO’H — Afg’onistondagi tog’ tizmasi. Paropamiz tog’ sistemasining o’q qismi. Eng baland joyi — 3642 metr. Kenglik bo’ylab 350 kilometrga cho’zilgan. Murg’ob va Herirud daryolari vodiylarini ajratib turadi. Asosan, ohaktoshlardan tuzilgan. Jarlar bilan o’yilgan; yon bag’irlarida chala cho’l o’simliklari o’sadi, archazor va pistazorlar bor.
O‘xshash so‘zlar
- SAFFORIYLAR
- SAFFORIYLAR DAVLATI
- Safi, Asfi
- Safiuddin al-Urmaviy
- Safoev Davron Iskandarovich
- SAFOGARAY
- Safoil, Sapai
- SAG’ANAQSOY











