Shalandin Valdemar Sergeyevich
Shalandin Valdemar Sergeyevich (1924.12.12, Moskva 1944.10.1, Belgorod viloyati Yakovlev qishlogi) — 2-jahon urushi qatnashchisi, gvardiyachi tankchi, leytenant. 1942 yil Toshkentdagi tank harbiy bilim yurtini tamomlagan. 1943 yildan frontda. 1-gvardiyachi tank brigadasi (Voronej frontining 1-tank armiyasi) vzvod komandiri. Shalandin Belgorod viloyati Yakovlev qishlog’ida dushmanning qarshi hujumini qaytarishda ko’rsatgan jasorati uchun qahramon unvoniga sazovor bo’lgan (1944). Toshkentdagi kuchalardan biriga nomi berilgan.
O‘xshash so‘zlar
- Shalli (Schally) Endryu Viktor
- Shalomayev Aron
- Shalqar
- Shalyapin Fyodor Ivanovich
- SHAM
- Shamayeva Muhabbat
- Shamol
- Shamol dvigateli






