SINAGOGA
SINAGOGA (Yunoncha synagoge — yig’ilish) — iudaizm ibodatxonasi va yahudiylar jamoasi. Sinagogalar Falastinda miloddan avvalgi 4-asrda vujudga kelgan. Sinagogada tavrotni o’qib sharhlashadi. Sinagogalarda, odatda, diniy maktablar ochiladi. O’zbekistonda hozirgi 7 ta — Toshkentda 3 ta, Samarqand va Buxoroda 2 tadan Sinagoga faoliyat ko’rsatadi.
O‘xshash so‘zlar
- Sinaloa
- SINANTROP ORGANIZMLAR
- Sinantroplar
- Sinapslar
- Sinay yarim oroli
- Sinay yozuvi
- Sinch
- Sinchalaklar, penochkalar











