To’shama (farsh)
To’shama (farsh) – 1) grunt, chaqiq tosh yoki boshqa materialdan iborat qatlam u yuqorida joylashgan muhandislik inshootidan yukni qabul qilib oladi; 2) tom yopmasining elementi bo’lib, u tayanch yuk ko’taruvchi konstruksiyalarga o’rnatiladigan (devor, to’sin, rigel, progonlar) va ko’p qavatli binolarda pol qurilmalari uchun, sanoat binolarida tom qurilmalari yoki texnologik ish maydonlari va boshqalar uchun mo’ljallangan; 3) tom va ora-yopma konstruksiyalardagi yupqa mustahkam qatlam bo’lib, bu qatlam yuklarni o’zidan pastda joylashgan qatlam-issiqlik yoki tovush izolyatsiyalovchi materialga uzatish hamda krovlya yoki pol yuzasini tekislash uchun mo’ljallangan; 4) biror yuzaga to’shalgan, yotqizilan narsa, qatlam, g’isht, tom terib tekislangan sahn.
O‘xshash so‘zlar
- To’shama
- To’shama
- To’shakchi
- To’shama (bosma gul)
- To’shamoq (tosh yotqizmoq)
- To’shamali koshinkor (plitalar)
- To’shash (yoyish, qoqish, to’shama, yopma, yotqizma)
- To’sin (balka, bolor, xari)










