Toshkakra, yoyiq bo’tako’z
Toshkakra, yoyiq bo’tako’z (Centaurea squarrosa Willd.) — murakkabguldoshlar oilasi bo’tako’zlar turkumiga mansub ko’p yillik begona o’t. Bo’yi 20-60 santimetr, poyasi bir nechta, qirrali. Barglari mayda, yashil; ildiz bo’g’zidagi barglar patsimon qirqilgan, bo’laklari qalami, tikansimon o’rama bargchalar bilan o’ralgan. May — iyul oylarida gullab urug’laydi. Urugidan ko’payadi. Asosan, lalmi ekinzorlarda keng tarqalgan. Adir va tog’ zonalarida uchraydi.
O‘xshash so‘zlar
- Toshkanboevlar
- TOSHKENT
- Toshkent agrar universiteti
- TOSHKENT ARTEZIAN HAVZASI
- Toshkent arxeologiya ekspedisiyasi
- TOSHKENT ARXITEKTURA VA QURILISH INSTITUTI
- Toshkent aviasiya instituti
- Toshkent avtomobil yo’llar instituti










