“Toshkent oqshomi”, “Vecherniy Tashkent”
“Toshkent oqshomi”, “Vecherniy Tashkent”— Toshkent shahrida kechqurun chiqadigan kundalik shahar gazeta. Muassisi — Toshkent shahar hokimiyati. 1966 yil 1 iyuldan chop etila boshlagan. O’zbek (“Toshkent oqshomi”) va rus (“Vecherniy Tashkent”) tillarida nashr etiladi. Shahar hayotini yoritadi. Gazeta sahifalarida ijtimoiysiyosiy yangiliklar, korxona, qurilishlarning ilg’or tajribalari, tadbirkorlik, respublika poytaxtining madaniy hayoti va sport kundaligi haqida maqolalar berib boriladi. Adabiybadiiy materiallar, hikoyalar, ocherklar, suxbatlar bosiladi. Adadi 25000 (2004).
O‘xshash so‘zlar
- “Toshkent haqiqati”
- “Toshkent” respublika fond birjasi
- “TOSHKENT VINO KOMBINATI” AKTSIYADORLIK JAMIYATI
- “TOSHKENT LOKBO’YOQ ZAVODI” AKTSIYADORLIK JAMIYATI
- “TOSHKENT YOG’MOY KOMBINATI” AKTSIYADORLIK JAMIYATI
- “Toshkent traktor zavodi” davlat aktsiyadorlik jamiyati
- “TOSHKENT AVIASIYA ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI” DAVLAT AKTSIYADORLIK JAMIYATI











