ULAN-BATOR UNIVERSITETI
ULAN-BATOR UNIVERSITETI – Mongoliyadagi eng yirik oliy o’quv yurti. 1942 yil asos solingan. 1951 -61 yillarda Universitet fakultetlari negizida pedagogika, tibbiyot va qishloq xo’jalik institutlari tashkil etilgan. Fizika, matematika, kimyo, biologiya, iqtisodiyot, filologiya, ijtimoiy fanlar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasida 50 mingga yaqin asar saqlanadi. Universitetda 4 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi.
O‘xshash so‘zlar
- Ulanma
- Ulangan
- ULAN-BURGASI
- Ulan-Bator, Ulaan-baatar
- Ulanova Galina Sergeyevna
- ULCHLAR
- Uleksit, boronatrokaltsit











