VANDALIZM
VANDALIZM (lot. vandali – qadimgi Sharqiy german qabilalaridan birining nomi) — moddiy va madaniy boyliklarni o’ylamay-netmay shafqatsizlarcha yo’q qilib tashlash. Vandalizm tushunchasi 455-yilda german qabilalari Rimni talon-taroj qilib, ko’plab antik madaniyat obidalarini vayron etganligi tarixiga borib taqaladi. Keyinchalik u johillik, madaniyatsizlik ma‘nolarida ham keng qo’llanila boshlagan.
O‘xshash so‘zlar
- VANDALIZM
- VAQTLI HUKUMAT
- VARAQA
- VARNALAR
- VARSHAVA SHARTNOMASI TASHKILOTI
- VASHINGTON KONFERENSIYASI
- VASIQA
- VASIYLIKDAGI HUDUDLAR





