VASHINGTON KONFERENSIYASI
VASHINGTON KONFERENSIYASI (1921.12.11–1922.6.2) — AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya va Portugaliya ishtirokidagi konferensiya; birinchi jahon urushidan keyin Tinch okeani havzasida vujudga kelgan davlatlar kuchlari nisbatini qayd etdi. Bu nisbat AQSH uchun qulay bo’lgan edi. Vashington konferensiyasining eng muhim qarorlari: To’rt davlat shartnomasi, Besh davlat shartnomasi, To’qqiz davlat shartnomasi. Sovet Rossiyasi konferensiyaga taklif etilmadi. Vashingtonga kelgan Uzoq Sharq respublikasi delegatsiyasi konferensiyaga kiritilmadi.
O‘xshash so‘zlar
- Vashington
- Vashington
- Vashington konferentsiyasi
- Vashington (Washington) Jorj
- Vashingtondagi kapitoliy qachon qurilgan?
- VASIQA
- VASIYLIKDAGI HUDUDLAR
- VASSAL


