YOG’OCH PLASTIKALAR

YOG’OCH PLASTIKALAR yog’ochga mexanik, issiqlik va kimyoviy ishlov berib (fizik-mexanik xossalarini yaxshilab) olinadigan materiallar. Yog’och plastikalar presslangan yog’och (plastifikasiyalangan), yog’och qatlamli plastikalar (lignofol, deltayog’och, balinit va boshqalar), yog’ochplastik massalarga bo’linadi. Presslangan yog’och tabiiy yog’ochni 1530MN/m2 (150300kg kuch/ sm2) bosim va 120° temperaturada zichlab olinadi. Bunday yog’ochlar taxta, brus, plitavtulka va boshqa ko’rinishda ishlab chiqariladi. Ular zarbga chidamli, plastik, namga chidamli bo’ladi. Yog’och qatlamli plastikalar yupqa yog’och list (shpon)ga termoreaktiv sintetik smola eritmasi shimdirib va quritib, paket holida yig’ib, 120-150° temperaturada gidravlik pressda 10-17,5 mn/m2 (100-175 kgkuch/sm2) bosim ostida olinadi. Mustahkamligi va elastikligini oshirish uchun unga metall to’r, zar qog’oz, rezina va boshqa aralashtirib armaturalanadi. Unga grafit va moy qo’shilsa, antifriktsion (ishqalanishga qarshi) xossasi oshadi. Bunday yog’ochlar mashinasozlik va kemasozlikda konstruktsion material sifatida ishlatiladi. Yog’och plastik massalar maydalangan yog’och (qipiq, payraha, tola, shponlar) ga sintetik smola eritmasi shimdirib va quritib, presskrliplarda issiqlayin presslab Profil buyumlar yoki plita materiallar holida ishlab chiqariladi. Bunday yog’ochlarning mustahkamligi, elektr izolyasiya va antifriktsion xossalari yuqori bo’ladi. Ulardan vkladishlar, podshipnik vtulkalari, tishli g’ildiraklar va boshqalar tayyorlanadi.