26 sentabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌎 Butunjahon kontratseptsiya kuni.
🌏 Butunjahon atrof-muhit salomatligi kuni‌‌.
🇪🇺 Yevropa tillari kuni.
🇺🇳 Xalqaro yadro qurolini butunlay yo’q qilish kuni.
🌏 Chuchvara kuni.
🌏 Gramafon tug’ilgan kun.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇿 O‘zbekiston — Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni.
🇪🇨 Ekvador — Milliy bayroq kuni.
🇮🇩 Indoneziya ‐ Milliy statistika kuni.
🇾🇪 Yaman — Sentyabr inqilobi kuni.
🇹🇷 Turkiya — Turk tili kuni.

👉 26-SENTABRDA SODIR BO’LGAN VOQEALAR:

  • 976 — Nuh ibn Mansur (963—997) Somoniylar davlati­ taxtiga o‘tirdi.
  • 1580 — Fransis Drake Plimutga qaytib keldi.
  • 1629 — Rech Pospolita va Shvetsiya o‘rtasida Altmark sulh shartnomasi imzolandi.
  • 1687 — Franchesko Morozini Parfenonni vayron qildi.
  • 1815 — Parijda Avstriya, Prussiya va Rossiya imperatorlari Muqaddas Ittifoq tuzish to’g’risida shartnomani imzolashdi.
  • 1832  Shvedlar tomonidan Gyota kanali qurib bitkazildi.
  • 1887 — Amerikalik ixtirochi Emil Berliper grammafonni patentladi.
  • 1907 — Yangi Zelandiya va Nyufaundlend dominionlik huquqini oldi.
  • 1950 — Indoneziya BMTga qabul qilindi.
  • 1981 — Boeing 767 samolyotining ilk parvozi.
  • 1983 — podpolkovnik Stanislav Petrov yadroviy urushni oldini oldi.
  • 1991 — O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tashkil etildi. 2018-yildan O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati.
  • 1991 — Toshkentda Jahon o‘zbeklari(turkistonliklar)ning xalqaro anjumani o‘tkazildi.
    -1991 — „Biosfera-2“ sinovining boshlanishi.
  • 1992 — O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi­ning loyihasi puxta ishlovlardan so‘ng Konstitusiyaviy komissiya qarori bilan umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi.
  • 1995 — Ukraina Yevropa Kengashiga qabul qilindi.
  • 2003 — Vikipediyaning o’tmishdoshi Nupediya faoliyati to’xtadi.
  • 2008 — Mo’g’ulistonda Chingizxonning eng ulkan haykali ochildi.
  • 2016 — Kolumbiya hukumati va isyonchilar o’rtasida sulh bitimi imzolandi. Kolumbiyadagi fuqarolar urushining haqiqiy tugashi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1141 — Nizomiy Ganjaviy (1209) — ozarbayjon shoiri va yozuvchisi, faylasuf, mutafakkir.
  • 1641 — Neyemiya Gryu (1712) — ingliz botanigi va shifokori, o’simlik anatomiyasining asoschisi.
  • 1791 — Jeriko Teodor (1824) — Fransuz rassomi va grafigi, fransuz rassomlik san`atida romantizm asoschisi.
  • 1849 — Ivan Pavlov (1936) — rus fiziologi, odam va hayvonlar oliy nerv faoliyati taʼlimoti asoschilaridan, Nobel mukofoti sohibi (1904).
  • 1886 — Archibald Hill (1977) — ingliz fiziologi, Nobel mukofoti sohibi (1922).
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1888 — Tomas Stearnz Eliot (1965) — ingliz va amerika shoiri, Nobel mukofoti sovrindori (1948).
  • 1898 — Gershvin Jorj (1937) — Аmerika kompozitori va pianinochi.
  • 1907 — Afanasyeva Zinaida (1975) — balet o’qituvchisi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1955). 
  • 1965 — Pyotr Poroshenko — ukrainalik tadbirkor, siyosatchi va davlat arbobi, Ukrainaning 5-prezidenti (2014-2019).
  • 1981 — Serena Uilyams — amerikalik tennischi, 4 karra Olimpiya chempioni, «Katta dubulg’a» turnirining ko’p karra g’olibasi.
  • 1985 — Talulah Riley — ingliz aktrisasi va yozuvchi, Ilon Maskning turmush o‘rtog‘i.
  • 1988 — Milena Madmusayeva — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
    -1997 — Özge Yağız ‐ turk aktrisasi.