3 iyul kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro plastik xaltachalardan voz kechish kuni.
? Pinhona do‘stlik kuni.
? Xalqaro tosh otish kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh, Virjiniya orollari — Qullik bekor qilingan kun (1848).
?? Argentina — Diktorlar kuni.
?? Argentina — Bioimuhandislar kuni.
?? Belarus — Mustaqillik kuni (1944).
?? Gayana — Karib hamjamiyati kuni.
?? Hindiston — Guru Purnima kuni.
?? Janubiy Sudan — Onalar kuni.
?? Kayman orollari — Konstitutsiya kuni.
?? Kuba — Olovlar festivali.
?? Myanma — Xotin-qizlar kuni.
?? Rossiya, Oltoy Respublikasi, Xakasiya Respublikasi — Respublika tashkil topgan kun (1991).
?? Rossiya — GAI xodimlari kuni (Yo‘l harakati politsiyasi kuni).
?? Tailand — Dharma kuni, Asalha Puja.
?? Ukraina — Zenit-raketa qo‘shinlari kuni.
?? Zambiya — Qahramonlar kuni.

? VOQEALAR:

  • 324 — Adrianopol yaqinida Rim imperatorlari Konstantin va Litsiniyning qo’shinlari o’rtasidagi jang.
  • 987 — Noyon soborida Xugo Kapet Fransiya qiroli tojini kiydi. Karolinglar sulolasi davri tugadi.
  • 1017 — Mahmud G‘aznaviy qo‘shini Xorazmni bosib oldi.
  • 1200 — Xorazmshoh Takash Xurosonning Shahriston degan joyida vafot etdi.
  • 1608 — Shamplen Kvebek  shahriga asos soldi.
  • 1773 — Kainardja qishlog’i yaqinida rus-turk urushidagi janglardan biri bo’lib o’tdi.
  • 1849 — Fransiya qo’shinlari Rimni egallashib, Rim respublikasini tugatdilar.
  • 1866 — Sadovadagi jang.
  • 1880 — Yevropaning etakchi mamlakatlari va AQSh Marokash mustaqilligini tan oluvchi Marokko konvensiyasini imzoladilar.
  • 1890 — Aydaxo AQShning 43-shtatiga aylandi.
  • 1897 — Moskva badiiy teatri tashkil topdi.
  • 1915 — Turkiyada birinchi qog’oz pul muomalaga chiqarildi.
  • 1918 — Toshkentning “eski” shahar qismida terapevtik yo‘nalishdagi umumiy kasalxona ochildi.
  • 1927 — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumani tashkil etilgan.
  • 1927 — Tomdi tumani tumani tashkil etilgan.
  • 1928 — Birinchi televizorlar sotuvga chiqdi. Ular 75 dollar turardi.
  • 1936 — Rossiya davlat avtomobil inspeksiyasi tashkil topdi.
  • 1941 — Sovet xalqiga Stalinning radiomurojaati.
  • 1960 — AQSh Kongressi Kuba shakarini olib kirishga taqiq qo’ydi.
  • 1962 — Fransiya Jazoir mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1964 — AQSHda irqiy ayirmachilikni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi.
  • 1988 — Eron-Iroq urushi: Fors koʻrfazida Vinsennes kemasi  Eron yoʻlovchi samolyotini urib tushirdi.
  • 1992 — Prezident Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi. 
  • 1996 — Boris Yeltsin  Rossiyada boʻlgan prezident saylovlarining 2-turida g’alaba qozondi.
  • 2006 — 2004 XP14 asteroidi Yer yuzasidan 432308 kilometr uzoqlikda uchib o‘tdi.
  • 2018 — Daniya olimlari ilk bor sun’iy odam tuxumdonini yaratdilar

? TAVALLUDLAR:

  • 1423 — Lyudovik XI (1483) — Fransiya qiroli (1461-1483), Valualar sulolasidan.
  • 1875 — Ferdinand Zauyerbrux (1951) — nemis jarrohi, ko’krak jarrohligining asoschilaridan biri.
  • 1881 — Natalya Goncharova (1962) — rus avangard rassomi, grafika va teatr rassomi.
  • 1883 — Frans Kafka 1924) — chex faylasufi, nemis tilida yozuvchi adib.
  • 1897 — Jessi Duglas (1965) — amerikalik matematik.
  • 1931 — Toymas Yoʻldoshboyev — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1994), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991).
  • 1945 — Saharon Shelah — isroillik matematik.
  • 1946 — Bolo Yen — xitoylik kino aktyor, kulturist, jang san’ati ustasi.
  • 1962 — Tom Kruz — amerikalik kino aktyori, rejissyor, prodyuser, «Oltin globus» mukofotining uch karra sohibi.
  • 1964 — Peyton Tucker Reed — amerikalik rejissyor.
  • 1978 — Lola Islomovna Karimova-Tillayeva — Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning ikkinchi qizi.
  • 1980 — Liza Oliviya Mann — amerikalik aktrisa va sobiq teleboshlovchi.
  • 1982 — Lola Astanova — kelib chiqishi oʻzbek bo‘lgan amerikalik pianinochi.
  • 1987 — Sebastyan Vettel — nemis poygasi, Formula-1 toifasida to’rt karra jahon chempioni.
  • 1992 — Nataliya Ramos — ispan va amerika aktrisasi.