5 sentabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Xalqaro xayriya kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇰🇿 Qozog‘iston — Qozoq xalqi tillari kuni.
🇦🇷 Argentina — Skautlar kuni.
🇺🇸 AQSh — Psixoanaliklar kuni.
🇩🇰 Daniya — Harbiylar sharafiga bayroq ko‘tarish kuni.
🇮🇳 Hindiston — O’qituvchilar kuni.
🇪🇬 Misr — Muhandislar kuni.
🇧🇷 Braziliya — Amazonka kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1666 — Londonda 3 kun davom etgan Buyuk Yong‘in tugadi.
  • 1698 — Pyotr I soqol uchun soliq soldi.
  • 1793 — Fransiya Milliy Kongressi inqilobni himoya qilish uchun Terror rejimini o’rnatdi.
  • 1800 — Buyuk Britaniya Maltaga bostirib kirdi.
  • 1885 — AQShda Jeyk Gamper xizmat ko’rsatish stantsiyasida birinchi benzinli nasos o’rnatildi.
  • 1905 — Portsmut shartnomasi  imzolandi.
  • 1939 — AQSh Ikkinchi Jahon urushida  o‘z betarafligini e’lon qildi.
  • 1941 — Moskvada 12 yoshgacha bo’lgan barcha bolalar evakuatsiya qilinishi e’lon qilindi.
  • 1950 — Suriyada sotsialistik konstitutsiya qabul qilindi.
  • 1967 — Qrim tatarlarining amnistiyasi e’lon qilindi.
  • 1972 — Myunxen olimpiadasidagi terror xuruji.
  • 1977 — „Voyajer-1“  kosmik kemasining parvozi.
  • 1978 — AQSH prezidenti Jimmi Karterning taklifi bilan Kemp-Devidda Misr va Isroil o‘rtasida muzokaralar boshlandi.
  • 1980 — Shveysariyada eng uzun — 16 kilometrlik temir yo‘l tunneli ochildi.
  • 1981 — OITS kasalligidan vatot etgan birinchi osiyolik qayd etildi.
  • 1986 — Avstraliyada o’lim jazosi bekor qilindi.
  • 1990 — IBM birinchi marta ESCON davomiy optik interfeysini e’lon qildi.
  • 2007 — Toshkent shahrida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tashkil etildi.
  • 2008 — Nikaragua hukumati Abxaziya va Janubiy Osetiyaning mustaqilligini tan oldi.
  • 2009 — «Ilinden» sayr kemasi Makedoniyadagi Ohrid ko’lida ortiqcha yuk tufayli ag’darilgan va cho’kib ketgan. Bolgariyalik 15 sayyoh halok bo’ldi.
  • 2022 — Kobuldagi Rossiya elchixonasi yonida portlash sodir bo‘ldi..

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1187 — Lyudovik VIII (1226) — Fransiya qiroli (1223-1226).
  • 1568 — Tommazo Kampanella — (1639) — italiyalik faylasuf.
  • 1638 — Lyudovik XIV (1715) — Fransiya qiroli (1643-1715).
  • 1817 — Graf Aleksey Tolstoy (1875) — rus yozuvchisi, Kozma Prutkov asoschilaridan biri.
  • 1819 — Mixail Ogaryov (1875) — rus generali, Turkiston yurishlari va Qrim urushi qatnashchisi.
  • 1872 — Ahmet Baytursinov (1937) — qozoq shoiri, adabiyotshunosi, turkshunos, publitsist, oʻqituvchi, tarjimon, jamoat arbobi
  • 1898 — Askochenskiy Aleksandr (1973) – muhandis-irrigator, O’zbekiston FA akademigi (1943), professor.
  • 1905 — Sobir Abdulla (Abdullayev Sobir) — O’zbekiston xalq shoiri (1965).
  • 1948 — Bahrullo Lutfullayev — bastakor.
  • 1948 — Temirov Botir — ilyur sanoat xodimi, mexanik muhandis, Oʻzbekiston Qahramoni (2005).
  • 1959 — Qoʻldoshev Abdulla — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor.
  • 1972 — Fattoh Mirzayev (1921) —  kimyogar olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1981).
  • 1973 — Rouz Makgouen — amerikalik kino va televediniye aktrisasi.
  • 1962 — Irina Berlin — bastakor.
  • 1981 — Timur Kapadze — oʻzbekistonlik sobiq professional futbol yarim himoyachisi. Hozirda Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi va Olimpik klubi bosh murabbiyi sanaladi.
  • 1984 — Otabek Mahkamov — oʻzbekistonlik kino aktyor, huquqshunos.
  • 1989 — Nurbek Alimov — oʻzbekistonlik bloger.
  • 1989 — Ket Grem — amerikalik aktrisa, qo’shiqchi, model.
  • 1990 — Yon A Kim — Janubiy Koreyalik figurali uchish ustasi, Olimpiya chempioni (2010), ikki karra jahon chempioni (2009, 2013).
  • 1995 — Kerolayn Sanshayn — amerikalik aktrisa.
  • 1996 — Sigrid — norveg qo‘shiqchisi.