Venera, Zuhra

Venera, Zuhra — Quyosh sistemasining Quyoshdan uzoqligi jihatdan ikkinchi sayyorasi. Quyoshdan o’rtacha uzoqligi 0,723 astronomik birlik (108,3 million kilometr), massasi Quyosh massasining 0,9528 ulushini tashkil etadi, o’rtacha zichligi 5,27 g/sm3 (yerniki 5,5 g/sm3) orbita ekstsentrisiteta — 0,0068 (ya’ni Quyosh atrofida aylanish yo’li deyarli doira), orbita tekisligi ekliptika bilan 3°23’7″ burchak tashkil etadi. Venera orbitasida 35 km/sek tezlik bilan harakatlanib, Quyosh atrofini 224 sutka 14 soat 49 minut (0,62 yil) da to’la bir marta aylanib chiqadi. Venera aylanish o’qining fazodagi vaziyati va o’z o’qi atrofida aylanish davri haqida aniq ma’lumot yo’q. 1961 yildan boshlab sobiq Ittifoq va AQShda o’tkazilgan ba’zi radiolokasion kuzatishlarga qaraganda, Venera o’z o’qi atrofida soat miliga teskari tomonga aylanadi. Aylanish davri 117 kun. Veneraning erga har doim bir tomoni ko’rinadi. Veneraning bulutli qobig’i bilan birga hisoblangan diametri 12228 kilometr. Venera uchun ikkinchi kosmik tezlik 10,2 km/ sek (yer uchun 11,2 km/sek). Veneraning yerdan eng yaqin masofasi 38 million kilometr, eng uzoq masofasi 261 million kilometr. Sayyorani ertalab sharkda yoki kechqurun g’arbda Quyoshdan k’J.ih bilan 48° uzoqlikda ko’rish mumkin. Italyan astronomi Galiley 1610 yilda birinchi bo’lib Veneraning oyga o’xshash turli fazalarda ko’rinishini kuzatgan. Ketma-ket kelgan ikkita bir xil fazalari orasida o’tadigan vaqt (sinodik davri) 584 kun. Veneraning ko’rinma diametri 10″— 64″. Quyosh sistemasida Quyosh va oydan keyin eng yorug’ jismdir. Ravshanligi — 3,3; — 4,3 yulduz kattaligida. Venera atrofini quyuq bulutli atmosfera o’rab turadi. Venera atmosferasini birinchi marta M. V. Lomonosov Sayyoraning Quyosh diskidan o’tish hodisasini kuzatib ochgan (1761). Bunday hodisa iyun yoki dekabr oylarida, har 8: 105,5; 8, 121,5 yilda takrorlanib turadi. Oxirgi marta 1874 yil 9 dekabr va 1882 yil 6 iyunda Venera quyosh diskidan o’tgan. Yaqin kelajakda bu hodisa 2004 yil 8 iyunda va 2012 yil 6 iyunda ro’y beradi. Venera atmosferasi, asosan, karbonat angidrid va is gazi (-90—95%), azot (-5%), kislorod (1%) dan iborat. Atmosferada sezilarli darajada suv bug’i topilmagan. Yerdagiga qaraganda 100000 baravar kam vodorod bor. Venera atmosferasining bunday tarkibi va quyuqligi sababli, uning sirtini yerdan ko’rib bo’lmaydi. Atmosferasining asosiy massasi 60 kilometr qalinlikdagi qatlamda joylashgan. Nazariy hisoblarga ko’ra, uning yuqori qismidagi bosim 300-600 MB. Kuyoshga qaragan tomonida temperatura 400±70°, teskari tomonida 200+120°. Veneraga uchirilgan «Venera-4» (1967), «Venera-5» (1969), «Venera-6» (1969), «Venera-7» (1970), «Venera-9» va «Venera-10» (1975) sayyoralararo avtomatik stansiyalar (sas) yordamida olingan ma’lumotlarga qaraganda, Sayyora sirtidan 25 kilometr balandlikda bosim 1 ATM ga teng, temperatura 40°. Sirtida bosim 15-20 ATM, temperatura -280°. Quyosh nuri Yerga qaraganda Veneraga 2 baravar ortiq tushgani bilan uning 70% i yana fazoga qaytariladi (Venera albedosi 0,7, yerniki esa 0,36). Shuning uchun Venera va yer Quyoshdan deyarli bir xil miqdorda issiqlik oladi. Veneraning infraqizil nurlarini uning quyuq atmosferasi tutib qoladi, shu sababli, uning temperaturasi yuqori bo’ladi. Parnik effekti deb ataluvchi bu hodisa tufayli erning o’rtacha temperaturasi 40° yuqori bo’lsa, Venerada uning ta’siri katta bo’ladi. Veneradagi magnit maydonining dipol momneti ernikiga qaraganda 10000 baravar kichik bo’lganidan uning magnit maydoni deyarli yo’q desa bo’ladi. Tuprog’i g’oyat issiq, asosan, qum-toshli saxro bo’lishi kerak. Venerada hayot bormi degan masala hal qilingan emas. Venera «Venera- 11″va «Venera-12» sas (1978), AQSh «Mariner» (1967), «Pioner-Venera» va «Pioner-Venera-2» stansiyalari (1978) yordamida ham tadqiq qilingan.