Qizilo’zan

Qizilo’zan — Erondagi daryo. Uzunligi 750 kilometr, havzasining maydoni 56,2 ming km2. Zagros tog’laridan boshlanadi. Elbursning g’arbiy tizmalarini kesib o’tgan joyda Shohrud daryosi bilan qo’shilgach, Safidrud deb nomlanadi va Kaspiy dengiziga quyiladi. Shohrud daryosiga qo’shilgan joyda gidrouzel (balandligi 100 metrli to’g’on, GES, suv ombori) qurilgan. Suvidan sug’orishda keng foydalaniladi. Deltasida Resht shahri joylashgan.