Qizilqiya ko’mir koni

Qizilqiya ko’mir koni — Qirg’iziston Respublikasi O’sh viloyatidagi kon. Farg’ona shahridan 28 kilometr Janubda, olay tog’larining shimoliy tog’ oldida joylashgan. Qizilqiya ko’mir koni 1898 yildan o’zlashtirilgan, zaxira maydonlar mavjud emas. Ko’mir qatlamlari yura jinslarida mujassamlashgan. Qalinligi 600 metrgacha bo’lgan ko’mirli yura qatlamlari Qizilqiya, Olmaliq va Aravon svitalariga bo’lingan. Ular antiklinalning shimoliy qanotiga yondoshgan, shimoliy tarafdan yirik yoriq bilan bo’lingan monoklinaldan iborat. Konning G’arb tomonida bitta ko’mirli qatlam mavjud, Sharq tomonga qarab qatlamlarning soni ko’payib, 6 taga yetadi. Kondagi ko’mir gumusli, metamorfizm darajasiga ko’ra — qo’ng’ir, B va zb markalariga tegishli. Qizilqiya ko’mir koni ko’miri tarkibida oltingugurt ko’p, namligi yuqori, issiqlik quvvati 3980— 4270 kkal/kg. Umumiy resurslari 0,25 mlrd. tonna chamasida. Qizilqiya ko’miridan, asosan, energetik yonilg’i sifatida foydalaniladi.