Qo’l panjasi
Qo’l panjasi — yerda yashovchi umurtqali hayvonlar oldingi oyog’i va odam qo’lining tirsak va bilak suyaklaridan keyingi qismi. Odamning Qo’l panjasi murakkab harakatlarni bajaradi; u kaft usti suyaklari (8 ta), kaft suyaklari (5 ta) va harakatchan barmoklardan (3 ta falangadan iborat, bosh barmoqdan tashqari) tashkil topgan.