Qo’lyozma to’plamlar nima?

Zamonaviy adabiyot asarlarini mutolaa qilish uchun sizga kitobni qo’lga olishingiz va uning qahramonlari g’aroyib olamiga sho’ng’ishingiz kifoya. Qadimgi Rusda kitob chop etish faqat XVI asrdagina joriy etilgan. Bu vaqtga qadar esa kitoblar qo’lda ko’chirilardi. Bunday yodgorliklarning eng katta guruhini solnomalar — voqealarni yilma-yil bir holda batafsil va boshqasida esa juda qisqacha qayd etib borish asosiy xususiyati sanalgan asarlar tashkil etadi. Boshqa shakl — bu, qo’lyozma to’plamlardir. Unga asosan qandaydir tamoyil bo’yicha birlashtirilgan hajmlari jihatidan aytarli katta bo’lmagan asarlar kiritilgan. Bunday to’plamlarga aksariyat hollarda qaysidir badavlat yoki nufuzli shaxs, masalan, knyazning buyurtmasiga ko’ra tartib berilgan. O’z tarkibiga aziz-avliyolar manohibi, ular nomi bilan bog’langan pand-nasihatlarni yoxud adabomuz hikoyatlarni («Debocha», «Roviynoma») olgan to’plamlar keng tarqalgan edi. Monastirlarda ko’pincha aziz-avliyolar yashagan joylarda mashhur bo’lgan manoqiblar, targ’ibiy asarlar yoki tarixiy qissalar va rivoyatlar to’plamlarini tartib berishardi. Boshqa monastirlardan keltirilgan kitoblar ular uchun namuna bo’lib xizmat qilgan. An’anaviy tamoyildan ba’zi-ba’zida chetga chiqqan tartib beruvchilar ba’zan ham cherkov, ham dunyoviy adabiyot asarlarini bitta qo’lyozma to’plamga jamlashgan edilar. Ba’zida esa yoqib qolgan asar bir qo’lyozma asardan alohida qayta ko’chirilgan va mustaqil kitob sifatida mavjud bo’lgan vaqtlar ham bo’lgan. Bunday hollar ko’pincha mashhur tarixiy voqealar yoki xalq orasida dovruqli aziz-avliyolarning karomatlari to’g’risidagi hikoyatlarga tegishlidir. Sevimli kitobning «qo’l ostida» bo’lmogidek istak savodli kishini uni ko’chirib olishga undardi. Bunday jildlarni Rossiya shimolidagi tumanlarga uyushtirilgan ekspeditsiyalar paytida ko’plab topadilar va ba’zida asarlarning fanga ma’lum bo’lmagan variantlaridan butun boshli kutubxoia tarkib toptiriladi.