Psixofizika

Psixofizika — qo’zg’atuvchining kuchi bilan undan paydo bo’ladigan sezgi darajasi o’rtasidagi miqdoriy munosabatni o’rganuvchi psixologiya tarmog’i. 19-asrning 2-yarmida G. Fexner asos solgan. Sezgi chegarasini, ya’ni inson sensor sistemasidagi sezuvchanlikning oxirgi nuqtasini o’lchash (Veber-Fexner qonuni va boshqalar) va psixofizik shkalalar tuzish (S. Stivene va boshqalar) masalalarini o’z ichiga oladi.