«Venera»

«Venera» — Venera sayyorasini va kosmik fazoni o’rganish uchun mo’ljallangan sayyoralararo kosmik apparatlarning umumiy nomi; ularni uchirish dasturi. Bortida Sayyora va sayyoralararo fazoni tadqiq qilishga mo’ljallangan ilmiy tadqiqot asboblari, mo’ljal olish (orientirlash) va tuzatish kiritish (korrektsiyalash) qurilmalari, sayyoralararo aloqa bog’lovchi va kema vaziyatini yoki orbitasini hisoblab beruvchi maxsus radioasboblar, elektr energiya manbai va quyosh batareyalari joylashtirilgan. «Venera» dastlab ko’p bosqichli raketa yordamida Yer atrofidagi sun’iy Yo’ldosh orbitasiga chiqariladi, so’ngra unga aylanayotgan orbitasiga mos parabolik tezlik beriladi. «Venera»ning eng katta start massasi taxminan 5 tonna Birinchi «Venera» 1961 yil uchirilgan. «V-4» Venera sayyorasini bevosita tekshirgan (1967), «V-7» Venera sirtiga yumshoq qo’ngan (1970), «V-9» Venera sirtini suratga olgan (1975). 1981-83 yillar mobaynida 16 ta «Venera» uchirilgan.