«VISHI»

«VISHI» — Frantsiyada 1940 yil iyul — 1944 yil avgustda mamlakatni nemis qo’shinlari okkupatsiya qilib turishgan davrda mavjud bo’lgan qo’g’irchoq tuzumning nomi. A. F. Leten hukumati o’rnashgan Vishi shahri nomidan olingan. 1944 yil Frantsiya ozod etilgach, qo’g’irchoq tuzum tugatilgan, «Vishi» rahbarlari esa Vatan xoinlari sifatida sudga tortilganlar.