Shimoliy orol
Shimoliy orol — Tinch okeandagi orol, yangi Zelandiyaning shimoliy qismi. Janubiy oroldan Kuk bo’g’ozi orqali ajralgan. Maydoni 115 ming km2. G’arbiy va Sharqiy sohillari tog’lardan, Markaziy qismi vulkanik platodan iborat. Issiq buloqlar, geyzer va issiq suvli ko’llar bor. Iqdimi subtropik, dengiz iqlimi. Yangi Zelandiyaning eng uzun daryosi (Uaykato, 354 kilometr) va eng katta ko’li (Taupo, 612 km2) Shimoliy orolda. Hududining katta qismi ekin maydonlari va yaylovlardan iborat. O’rmonlar bor. Mamlakat aholisining 70% dan ko’prog’i Shimoliy orolda yashaydi. Shimoliy orol — Yangi Zelandiyaning asosiy chorvachilik rayoni. Go’sht-sut chorvachiligi rivojlangan. Muhim shaharlari: Vellington, Oklend, Nyu-Plimut. Orolga dastlab yevropaliklardan 1642 yilda A. Tasman borgan.